Avvobiyn namozi, nafl va jahriy o‘qish haqida

Assalomu alaykum! "Mo‘minning me’roji" hamda "Kifoya" kitoblarini tegishli boblarini o‘qidim va tushunmaganlarimni so‘ramoqchiman. 1. Bir savolga "avvobiyn namozi 6 rakat, boshqa bir hadisda 20 rakat (hadis va hayot)" ma’nodagi javobni o‘qidim. Bu 6 yoki 20 rakat o‘qishlik o‘quvchining ixtiyorimi? Ya’ni odatda 6 rakat o‘qiladi, ko‘proq savob umidida 20 rakat o‘qisa afzalroq va taqvodan bo‘ladimi? 2. Ushbu namozni shom namozini (sunnati bilan) jamoat bilan o‘qib bo‘lib, zikr va tasbehlardan so‘ng, darhol o‘qish kerakmi, yoki uyga borib (odamlardan berkitish uchun) xotrjam o‘qisa bo‘ladimi? Chunki shomdan so‘ng qolib namoz o‘kisam, qalbim xavotirlanyapti, xuddi xo‘jako‘rsinlik uchun bo‘layotgandek. 3. Izlash xizmatidan bildimki, shom va xufton namozi orasidagi nafl bu - avvobiyn namozi bo‘lar ekan. Demak, o‘quvchi 6 rakat o‘qiydimi 20 rakat o‘qiydimi, namoz xuftonning azonigacha cho‘zilsa bo‘laveradimi? Chunki uzun uzun suralarni qiroat qilsa 6 rakatni o‘ziga ham ancha vaqt ketadi. 4. Bildimki, naflni kunduzi o‘qisa mahfiy, kechasi o‘qisa jahriyligi ixtiyoriy ekan. Shu avvobiyn namozida uzun suralarni qiroat bilan jahriy o‘qisam bo‘ladimi? Yoki holatga qarabmi? Ya’ni 2-savolda so‘raganimdek, uyda o‘qisam jahriy mumkin, masjidda o‘qisam maxfiy bo‘lishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qazosi bo‘lsa shu vaqtlarda qazolarini o‘qigan afzal. Vaqtni ham namoz o‘qish bilan o‘tkazgan hisoblanadi. Shomni sunnati o‘qilgach o‘qilsa bo‘ldi.3). Bo‘laveradi. 4). Holatga qarab. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 194 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar