Kafforatga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Xalq g‘amida yurgan ustozlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Yaqinda taxririyatga bergan savolimga "Qasamni kafforatini bering va tezda qasamni buzing" deb javob berdingiz. Qidiruvdan axtarib kafforatni o‘qisam, 10ta miskinni qornini to‘qlash yoki 3kun ro‘za tutish kerak ekan. Xozirda emizikli bo‘lganim uchun ro‘za tutolmayman. Ustozlar man 3ta yosh bolalarim bilan xech qaerga chiqolmay uyda o‘tiribman. Shu sababli qiynalgan qo‘shnimizga 200minglik uzugimni kafforat sifatida bersam bo‘ladimi yoki 10ta miskin kishiga taom edirishim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 10ta miskinni bir kunlik taomini imkoningiz bo‘lganda berasiz. Bitta bittalab bersangiz ham bo‘ladi. Birdan berish ham shart emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar