Egasiz narsani iste’mol qilish joizmi?

Assalomu alaykum! Akademiyada bitta uyda 30-40 bola yashaymiz. Umumiy 1 ta xolodilnikda narsa saqlaymiz. Akademiyaga yangi bollar tez-tez kelishadi va ketadiganlari ham ko‘p. Shu orada ketganlarni narsani xolodilnikda qolib ketishi yoki shu erda yashab yurganlarning narsani xolodilnikda anchadan beri qarovsiz qolib ketishi oqibatida oziq yaroqsiz holatga kelib qolmoqda. Bollar ko‘p bo‘lgani uchun birovni narsasini birov taniyamaydi. Xolodilnik esa eski va egasiz narsalarga to‘lib ketadi. Oyda 1 marta xolodilnikdagi narsalarni hammasini chiqarib, "qaysi narsani egasi bo‘lsa olib solib qo‘ysin, egasiz narsalarni tashab yuboramiz" deb telegram guruhimizga e’lon beramiz. Ko‘p holatda ko‘p narsalarni egasi chiqmaydi. Eyishga yaroqsiz bo‘lib qolgan narsalarni tashlab yuboramiz, yaroqlilarni nima qilsak bo‘ladi? Ularni iste’mol qilish joizmi? Agar joiz bo‘lsa bu qanday tartibda bo‘linadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egalarining roziligisiz iste’mol qilish joiz emas. Shuning uchun o‘sha xolodilnikni eshigi yoki tepasiga ko‘rinadigan qilib e’lon yozib qo‘yinglar. Ketadiganlar o‘zlarini narsalarini olib ketishsin yoki rozi bo‘lishsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar