Ishlatish uchun olingan mashinadan zakot

Assalomu alaykum! Men bir tadbirkorlik qilish niyatida Kamaz yukmashinasi olgandim, ishlata olmadim. Keyin sal kam bir yilcha oldin sotib yuborishni niyat qildim lekin sotilmadi xozirgacha. Zakot xisoblashda oldinlari buni qo‘shmas edim. Chunki tirikchilik uchun olingani uchun. Keyin sotish niyati tug‘ilgani uchun bu yil zakotim xisobiga taxmini sotilish narxini qo‘shib xisobladim. Kelgusida ertami indinmi baribir sotaman. Shu xisobim to‘g‘ri bo‘lganmi? Yoki boshidi niyatim bo‘yicha xisoblamasligim kerakmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida hisoblamasangiz ham bo‘lardi. Zakot chiqarib yaxshi qilibsiz. Qiyomatda boshingizga soya bo‘ladi in shaa Alloh. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 152 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar