Xayr istash duosi

Assalomu alaykum! Allohumma inni asaluka min xoyri ma saalaka minxu nabiyyuka Muhammadun sollAllohu alayxi va sallam va nauzu bika min sharri ma istaazaka minxu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayxi va sallam va antal -mustaanu va alaykal-balag‘u va la quvvata illa billax ---- ushbu duo to‘g‘rimi? Buni barcha yaxshiliklarni jamlovchi eng xayrli duolardan deyishdi. Bu xaqida xadislar kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri. عَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَدَعَا بِدُعَاءٍ كَثِيرٍ لَا نَحْفَظُهُ، فَقُلْنَا: دَعَوْتَ بِدُعَاءٍ لَا نَحْفَظُهُ. فَقَالَ: سَأُنَبِّئُكُمْ بِشَيْءٍ يَجْمَعُ ذَلِكَ كُلَّهُ لَكُمْ: اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ مِمَّا سَأَلَكَ نَبِيُّكَ مُحَمَّدٌ، وَنَسْتَعِيذُكَ مِمَّا اسْتَعَاذَكَ مِنْهُ نَبِيُّكَ مُحَمَّدٌ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، اللَّهُمَّ أَنْتَ الْمُسْتَعَانُ، وَعَلَيْكَ الْبَلَاغُ، وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ  Abu Umomadan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Shunda u zot ko‘p duo qildilar. Uni yodlay olmadik.
«Biz yod olmagan duoni qildingiz», dedik.
«Men sizlarga o‘shalarning hammasini jamlaydigan narsani aytaman: «Allohim! Albatta, biz Sendan Nabiying Muhammad so‘ragan narsani so‘raymiz. Biz Sendan Nabiying Muhammad sollallohu alayhi vasallam panoh so‘ragan narsadan panoh so‘raymiz. Allohim! Yordam so‘raluvchi Sensan. Etkazuvchi Sensan. Kuch ham, quvvat ham faqat Alloh bilandir», dedilar».
Sharh: 
Demak, Alloh taolodan «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘ragan narsani so‘rayman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam panoh so‘ragan narsadan panoh so‘rayman», deb qilingan duo juda ko‘p narsani qamrab olar ekan.
Ulamolar: «Ushbu duo kabi jamlovchi va foydali narsa yo‘q», deganlar. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu duolarida dunyo va oxiratning yaxshiliklaridan biror narsani qoldirmay so‘radilar hamda dunyo va oxiratning yomonligidan birortasini ham qo‘ymay panoh tiladilar. (“Adab al-Mufrad” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 175 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar