Tashkilotdan chiqqan narsalar
Assalomu alaykum! Men davlat tashkilotida ishlayman. Kapital remont vaqtida va undan keyin eskirgan, yaroqsiz narsalar tashkilot ro‘yxatidan o‘chiriladi. O‘zi bunday ishlar yillar mobaynida berilgan buyumlar eskirganligi me’yori bilan o‘lchanib amalga oshirilib turadi. Bu narsalar axlatga tashlab yuboriladi yoki yoqib tashlanadi, temir yoki qog‘ozli narsalar bo‘lsa metallolom va makulatura qabul qilish joylariga sotib yuboriladi. Savolim shuki, shu narsalardan ehtiyojim uchun uyimga olib kelib foydalansam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir tashkilotning nizomi bo‘ladi. o‘shanda nima deyilgan bo‘lsa o‘shani qilish joiz. Axlatga tashlansa keyin olishingiz mumkin. Metallolom va makulatura qabul qilish joylariga sotib yuborilsa sotiladigan pulini berib o‘zingizga olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom