Saodat asri qissalari kitobidan
Assalomu alaykum! Saodat asri kitobida yaqinda bitta joyini o‘qib qoldim. To‘g‘risi o‘sha so‘zlarni o‘qib nahotki o‘sha davrda shunday bo‘lgan bo‘lsa deb o‘ylab qoldim. Sad ibn Rabi yangi topgan qardoshi Abdurahmon ibn Avfni qo‘lidan tutib, uyiga boshlab keldi. - Ey qardoshim mana uyim. Darhol ikkiga bo‘lamiz yarmi seniki bo‘ladi. Ikki xotinim bor, boq, qaysinisini yoqtirsang, taloq qilaman nikohinggq olasan dedi Sad.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U erda sahoba va ansoriylarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruqlariga itoati haqida go‘zal o‘rnak bor. Ular birodarchilikni shunchalik darajada deb hisoblaganlar. Hozirda bizni tabiatimiz buzilib tirikliklarida Alloh taolo O‘zining kalomida “Ular Robbilaridan rozi bo‘lishdi, Alloh ham ulardan rozi bo‘ldi” deb bashorat berilgan kishilarning qilgani ishlarini o‘qib “nahotki shunchalik bo‘lsa” deb aqlimiz ko‘tarmaydigan bo‘lib qolganmiz. Agar hadisni ahamiyat bilan o‘qisangiz u kishi ayolini tanlamadi ham birodari ayolini taloq ham qilmadi, farazan u ish sodir bo‘lganida ayol idda o‘tirar edi va iddadan keyin rozi bo‘lsagina Jannat bashorati berilgan o‘n sahobadan biri bo‘lmish muhojir sahobaga o‘z xohishi bilan turmushga chiqar edi... Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 235 | Oila va turmush