3 oyga boshqa narx 6 oyga boshqa narx

Assalomu alaykum! Men xozir nasiyaga telefon olmoqchiman. Shu taklif bilan internetdan qidirdim. Shunda 3 oyga boshqa narx 6 oyga boshqa narx 9 oyga boshqa narx 12 oyga boshqa narx qilib yozilibdi. Shunday shartlar bilan ishlash shariatga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday taklif qilish mumkin. Ammo aniq bittasiga kelishib olish shart. Mabodo kelishganini vaqtida to‘lay olmasa keyingi narxga o‘tish degan narsa shariatimizda sudxo‘rlik hisoblanadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar