Gina hisoblanadimi
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 10yil bo‘ldi. Shu yillar ichida 2 ovsinim sabab oilada ko‘p sinovlarga uchradim. Soddaligimdan foydalanib qaynona qaynotam bilan oramizga ko‘p tushishgan. Oliy malumotliman katta farzandim BMF bilan tug‘ildi hozir 9 yosh yurmaydi gapirmaydi o‘tirmaydi aqli zaif hatto ovqatni chaynab beramiz. Qaynona qaynotam umuman qarashmaydi hatto qaynonam jirkanishlarini sezganman. Ko‘p yuzimga solishgan. Gap shundaki qaynonam meni tushunish o‘rniga faqat ko‘nglimni og‘ritadilar. 2 ovsinimga gapirolmaydilar ularga kuchlari etmaydi bisotidagi jamiki yomonliklar menga atalgan. uydagi nima yomonlik bo‘lsa oxiri meni boshimga qo‘yadilar. ovsinlarim bilan yoki ko‘chada meni yomonlab o‘tirgalarini o‘z qulog‘im bilan eshitaman. Katta o‘g‘lim tug‘ilgandan davolatmoqchi bo‘lmaganlar pul hamma narsadan aziz u kishi uchun. Ko‘p kurashganman. Shundan boshlangan, erim umuman gapirolmaydilar. Ollohga shukr oilaviy ibodatdamiz. Yaqida qaynota qaynonam umraga borib keldilar. Shundan keyin ham umuman o‘zgarmadilar ko‘p dini hadis kitob o‘qiyman amal qilishga harakat qilaman nima desalar ham ko‘nglim og‘risada Olloh yo‘lida kechirib hech narsa bo‘lmaganday yuraman shuning uchun "nima desam ham gapirmaydi"deb og‘izlariga to‘g‘ri kelganini odamlar oldida menga tegizdirib aytib uyaltirib yuradilar? Imom Buxoriyni onalariga havas qilaman u kishiday taqvodor bo‘lib farzandlarim haqiga qilgan duolarim qabul bo‘lishini istayman lekin yaqinda ko‘zimga qarab "menga nimaiki qilgan bo‘lsangiz kelinizdan tortasiz" deb qarg‘adilar hech sababsiz. Sababsiz qarg‘ish piching mazax eshitaverish oxiri charchatti. O‘shandan beri umuman gapirmayman agar gapirsalar doimgiday javob qaytarib qo‘yaman. hayotimda hech kimdan bu daraja ko‘nglim qolgan emas. Ustozjonlar aytinglarchi bu holatim "3kundan ortiq arazlashishga" tushib qolmaydimi. Axir shundoq ham bu yarim ko‘nglimni sababsiz og‘ritishlari to‘g‘rimi? 2ta kichik o‘g‘illarim taqvodor qori bo‘lishini istayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom alik qilishingiz uch kundan ortiq arazlashishga kirmaydi. Alloh niyatingizga etkazsin. Tobe’inlardan bir nechtasidan Alloh taoloning: “Men siniq qalblilar huzuridaman” deganini rivoyat qilishgan. Siz shu maqomdasiz. So‘rab-so‘rab qoling. Shaytonni gapiga kirib fursatni qo‘ldan boy bermang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom alik qilishingiz uch kundan ortiq arazlashishga kirmaydi. Alloh niyatingizga etkazsin. Tobe’inlardan bir nechtasidan Alloh taoloning: “Men siniq qalblilar huzuridaman” deganini rivoyat qilishgan. Siz shu maqomdasiz. So‘rab-so‘rab qoling. Shaytonni gapiga kirib fursatni qo‘ldan boy bermang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush