Sajdadan erga tayanib turish

Assalomu alaykum! Menga revmatoid artrid tashxisi qo‘yilgan edi. Shunga ikkala bel qismimdagi suyaklarda og‘riq sezyapman, sajdadan rukuga turishda qiynalyapman, tura olaman-u lekin emin erkin holatda emas. Shu holatda sajdadan rukuga turish chog‘ida qo‘limni erga tiragan holda tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar