Ta’lim olish

Assalomu alaykum! Bu dunyoda haqiqiy mo‘min bo‘lish uchun madrasalarda yoki mullalarda talim olish shartmi? Ijtimoiy tarmoqlarda yoki kitob rastalarida dinimizga oid kitoblar etarlicha. Albatta ilm o‘rganish farz, lekin har bir insonni o‘ziga yarasha yo‘li bo‘lsin. Xullas madrasalarda yoki mullalarda talim olmaslik joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Albatta ustoz zarur.Taqvoning ta’rifi
Alloh taolo hursand bo‘ladigan so‘zni aytish va Alloh taolo hursand bo‘ladigan amallarni qilish va Alloh taolo norozi bo‘ladigan gap so‘z va amallardan saqlanish taqvodir. Ya’ni amrlarga bo‘yin sunib, munkar ishlardan qaytish taqvodir. Bir tomondan bizning hursand bo‘lishimiz bor boshqa tomondan esa Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xursand bo‘lishlari bor. Kim o‘zining nojoiz xursandchiligini Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xursandchiligiga qurbon qilsa, o‘sha inson haqiqiy ma’noda taqvodor hisoblanadi. Ana o‘sha inson valiyulloh sanaladi.Alloh taoloning valiysi bo‘lish shartiUlamolar tahqiqotlariga binoan valoyatga erishish uchun uch narsa shart hisoblanadi.1. Valiyulloh bo‘lishning birinchi sharti ixlos bilan valiyuullohlar suhbatida bo‘lishdir. Kishilar orasida ibodatga qattiq kirishganlar bo‘ldi. Lekin ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suhbatiga musharraf bo‘lolmaganlari uchun sahobiy bo‘la olmadilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan va suhbatida bo‘lgan yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ko‘rgan kishi sahobiy hisoblanadi. Valiyulloh bo‘lishning eng birinchi qadami suhbatdir. Alloh taolo bandalarini taqvo qilishga buyurib:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ “Ey iymon keltirganlar Allohga taqvo qilinglar” dedi. So‘ngra qanday qilib taqvo qilishni ta’lim berib:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ۝119. Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar!Oyatdagi sodiqlar bilan taqvodorlarning ma’nosi birdir. Abrorulhaq rohmatullohi alayh bunga:لَّيْسَ الْبِرَّ أَن تُوَلُّواْ وُجُوهَكُمْ قِبَلَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ وَلَكِنَّ الْبِرَّ مَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَالْمَلآئِكَةِ وَالْكِتَابِ وَالنَّبِيِّينَ وَآتَى الْمَالَ عَلَى حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّآئِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ وَأَقَامَ الصَّلاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَالْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَاهَدُواْ وَالصَّابِرِينَ فِي الْبَأْسَاء والضَّرَّاء وَحِينَ الْبَأْسِ أُولَئِكَ الَّذِينَ صَدَقُوا وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ۝
177. Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingizgina emas. Lekin yaxshilik – Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, nabiylarga iymon keltirgan va molini yaxshi ko‘ra turib, yaqin qarindoshlarga, etimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga bergan hamda namozni to‘kis ado etgan, zakotni bergan kishi hamda ahd qilganda, ahdiga vafo qiluvchilar, yo‘qchilik, qiyinchilik va shiddat vaqtida sabr qiladiganlarnikidir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar, o‘shalargina taqvodorlardir("Baqara" 117-oyat) - oyatini dalil qilib keltirganlar. Demak kim sodiq bo‘lsa, o‘sha muttaqiydir va kim muttaqiy bo‘lsa, o‘sha sodiqdir. Shuning uchun mashoyixlar “sodiqlar bilan birga bo‘linglar” degan amrni “muttaqiylar bilan birga bo‘linglar” deb tafsir qilganlar. Ya’ni taqvo ahlining suhbatida bo‘linglar! Toki sizning qalbingizda ham ulardagi taqvo paydo bo‘lsin” deganlar. Chunki har narsaning o‘z egasi va tarqatuvchisi bo‘ladi. oziq ovqat kerak bo‘lsa, oziq ovqat do‘koniga boriladi, kiyim kechak kerak bo‘lsa, kiyim kechak do‘koniga boriladi. Huddi shuningdek Alloh taoloni topmoqchi bo‘lgan Uni topganlar huzuriga borishlari kerak bo‘ladi. Alloma Olusiy rohmatullohi alayh yuqoridagi oyatning tafsirida: “Shu erda ularning huzurida qancha vaqt birga bo‘lishimiz kerak, buning biror chegarasi bormi ? degan bir savol paydo bo‘ladi. Bunga javob shuki, ular huzurida gunohdan saqlanishda, amallarga odatlanishda va ko‘zni nomahramlardan tiyishda ular kabi bo‘lguncha turish kerak” deganlar.2. Zikrda bardavom bo‘lishdir. Alloh taoloni topgan zotlar huzuriga borilsa, ular inson ruhiga ozuqa bo‘ladigan zikrlarni ta’lim beradilar. Aslida bu zikrlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Robbisi tomonidan keltirgan ko‘rsatmalaridir. Alloh taolo u zotga o‘sha zikrlar insonni Alloh taologa etishtiruvchi vosita ekanligini bildirgan. Shuning uchun valiy zotlardan Alloh taoloni zikr qilishni o‘rganib olishi kerak. Shunda o‘sha zikrlar barakotidan inson qalbida nur paydo bo‘ladi va gunohga bog‘lanish uziladi. Chunki zikr kompasdagi strelkani tortib turuvchi magnitga o‘xshaydi. Qaysi tomonga qaratmang bir tomonni ko‘rsatadi. Zikr qilish bilan bir nur hosil bo‘lib, har qanday holatda ham insonni Robbisi tomoniga yo‘naltiraveradi. Dunyoning barcha gunohi o‘ziga jalb qilsada, nur uni Robbisiga tortaveradi.3. Gunohdan saqlanishga qattiq e’tibor berish kerak. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar