Odam yashab turgan xovliga zakot

Assalomu alaykum! Bizni 2ta to‘liq bitgan, yani odam bemalol yashasa bo‘ladigan xovlimiz bor. 1tasida o‘zimiz yashaymiz. 1tasida eski sotgan egasini boshqa uyi yo‘qligi uchun yashayotgan, xozir bizga 1ta xovli etarli bo‘lganligi uchun o‘zimiz ruxsat berganmiz o‘sha xovlimizda yashashiga. Lekin xech qanday ijara to‘lov qilmaydi ijara xam kelishilmagan. Faqat xovlini to‘liq pulini to‘lab sotib olganmiz xovli bizni mulkimizga o‘tgan. Shu xolatda o‘sha xovliga zakot beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar pulni band qilish uchun olgan bo‘lsangizlar qiymatidan zakot chiqarasizlar. Agar yashash uchun olgan bo‘lsangizlar zimmangizga qurbonlik vojib bo‘ladi, u uyning narxidan zakot chiqarmaysizlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 147 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar