Buvimning namozlari

Assalomu alaykum! Buvim 70 ga kirganlar insult infarkt bo‘lib yaxshi gapirolmaydilar, men namoz o‘qiy olmayapman deb siqilib yig‘layveradilar. Bu uzrli sabab bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siqilmasinlar, qanday o‘qishga qodir bo‘lsalar o‘shandek o‘qisinlar. Namozga hech qanday holatda ham uzr yo‘q. Ruhiyatlarini ko‘taradigan sharoit qilinglar ziyoratlariga kirib yaxshi suhbatlar qilib o‘tiringlar. Zikr qilsinlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar