Hayriya mablag‘lari

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati. Alloh din yo‘lida qilayotgan ishlaringizda madadkor bo‘lsin. Quyida savol egasi Qashqadaryolik ukamiz Shuxratjondan. Assalomu alaykum aziz ustozlar ushbu kanalni anchadan buyon kuzatib kelaman va Allohni marhamati va sizlarning har bir sohada dinimiz ko‘rsatgan qonun qoidalari asosida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatayotganingiz shuningdek manfaatli ilm ulashayotganingiz uchun tashakkur: Aziz ustozlar hozir 30 yoshdaman. 4 yil muqaddam avtohalokat tufayli bo‘yin umurtqam sinish natijasi tufayli falaj ahvoldaman.Holatimdan shikoyat qilmayman Alhamdulillah 1yil oldin bu dardni shifosi borligini bildik va shu kilinika bilan bog‘landik ular 80% oyoqqa turshimga kafolat beramiz deyishdi va 2ta aperatsiya o‘tkazishlarini har biri 40$+$ dan 80$ming bo‘lishligini ma’lum qilishdi.2019-yil avgust oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali hayriya guruppasi ochildi bu ishimiz zamonaviy tilanchilik korinishi emasmi ???. Hozirga qadar taxminan 13ming $ dan oshiqroq pul jamg‘arildi albatta umidimni uzmagan holda agar etarli mablag‘ yig‘lmagan taqdirda bu pullarni hukmi qanday bo‘ladi ? hozir imkon Qadar nafaqamdan boshqa pullarni ro‘zg‘orga aralashtrmaslikka imkon qadar harakat qilayapman Yuqoridagi pullar va odamlar berayotgan pullarni ertaga so‘rog‘idan qo‘rqqanim uchun .. yana bir savol tinchlik bermayapti:albatta barchaning boshida o‘lim bor agar qazoyim etib qolsa oxiratda odamlarning puli menda qolib ketsa oxiratda bo‘ynimga yopishmaydimi. ??? Aziz ustozlar ushbu pulni menga o‘xshagan to‘shakka mixlanib qolgan insonlar anchagina shu boisdan yig‘lgan pullar etarli miqdorga etmasa ularga bermoqchiman ammo oila a’zolarim bu fikrimga qarshi ular pul yig‘lmagan taqdirda ham yig‘lgan pullardan uzinga qulayroq sharoit qilasan degan fikrda.???.manga xam qanday yo‘l tutishim kerakligini ko‘rsatsangiz .?? Ustozlar sizlardan bir yana iltimosim agar imkon bo‘lsa vaqtingizni hisobga olgan holda sizlar bilan uchrashish niyatida edim agar imkon bo‘lsa siz aziz ustozlar bilan uchrashish choralarini ko‘rardik yozib bo‘lmaydigan ko‘p savollarim bor barchangizga raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pulni siz o‘zingiz to‘plamay jo‘natuvchilar tomonidan bir kishini vakil qilib tayinlanadi. U vakil to‘plab boraveradi, siz operatsiya bo‘lib qarzdor bo‘lganingizdan keyin ehson qiluvchilar tarafidan vakil bo‘lgan kishi sizni qarzimni to‘lab qo‘ying degan iltimosingiz bilan to‘lab qo‘yishadi. Ungacha u sizni mulkingiz bo‘lmaydi. Sizga zakot berish ham vojib bo‘lmaydi. sizni mulkingiz ham hisoblanmaydi. Ishlatishingiz ham joiz emas. Vakilni ishlatishi ham joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar