Davlat xaridi
Assalomu alaykum! Men byudjet muassalariga elektron auktsionda sotish huquqini yutib olib mahsulotlar sotaman. O‘zim Surxondaryoda bo‘lib turib, Andijondagi biror muassasaga narsa sotish uchun shartnoma tuzishim ham mumkin. Shunday holatda o‘zim etkazib berish o‘rniga Andijonlik biror vakil yollayman. Masalan, auktsionda kilosi 2500 so‘mdan 1 tonna mahsulot sotish huquqini qo‘lga kiritdim. Men mahsulotni 1500 so‘mdan dan sotib olib o‘zim etqazib berishim mumkin. Masofa uzoqligi uchun, o‘sha muassasa xodimiga kilosi 2000 so‘mdan pul berib (500 so‘m xizmat haqi) o‘zi muassaga olib kelishini so‘rayman. Odatda, ularning o‘zi bu ishni taklif qiladi. Bunda u borib maxsulotni olib kelish, mashina gaplashish, yuklash hammasiga javobgar bo‘ladi. Shu ishim to‘g‘rimi? Ko‘pincha vakil, o‘sha mahsulotlarni qabul qilib olishga javobgar shaxsning o‘zi bo‘ladi. Bu holda o‘sha vakil xukumat puliga xiyonat ham qilishi mumkin. Uni men aniqlay olmayman. Uning nazoratiga javobgar organlar borligini ham hisobga olishingizni iltimos qilar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xiyonatini aniq bilsangiz joiz emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xiyonatini aniq bilsangiz joiz emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat