Tunda Duxon surasini o‘qish
Assalomu alaykum! Bir manbada yozilishicha tunda Duhon surasini o‘qib yotsa o‘sha odamni tongacha 70000 farishta uning haqqiga istig‘for aytarkan shu to‘g‘rimi hadislarda shunday yozilganmi? 2) Shu suralarni tunda yod olmagan bo‘lsa ham kitobdan o‘qib duo qilsa hisoblanadimi yoki yod olgan bo‘lishi kerakmi? 3) Voqea surasini har tunda o‘qisa hech ham kambag‘allikka duchor bo‘lmaydi deb hadislarda yozilgan. Shu surani o‘qiyotganda shu va’dani dilda saqlab ya’ni kambag‘al bo‘lmas ekanman deb o‘qisa bo‘ladimi? Hisobga o‘tadimi ya’ni berilgan va’daga erishadimi? Kitobdan o‘qib olaman desam hozir uyda o‘tiraman ko‘chaga chiqishga imkoniyat yo‘q kitobni elektron variantini ham yuklab ololmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitobga qarab o‘qisa ham bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَرَأَ حم الدُّخَانَ فِي لَيْلَةٍ أَصْبَحَ يَسْتَغْفِرُ لَهُ سَبْعُونَ أَلْفَ مَلَكٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «Haa miym» – «Duxon»ni kechasi qiroat qilsa, tong otguncha unga etmish ming farishta istig‘for aytib chiqadi», dedilar».
Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda «Duxon»ni kechasi qiroat qilsa» degan jumlada qanday kecha ekani aytilmagan. Bu qaysi kecha ekanini kelgusi hadisi sharifdan bilib olamiz.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَرَأَ حم الدُّخَانَ فِي لَيْلَةِ الْجُمُعَةِ غُفِرَ لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «Haa miym» – «Duxon»ni Jum’a kechasi qiroat qilsa, u mag‘firat qilinadi», dedilar».
Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim