Tahoratsiz namoz o‘rganish va o‘qish

Assalomu alaykum! Xabaringiz bor hozirgi kunda kovid avjiga olgan payt, uyda hamma davolanvoti kovid 14 kun + 20 kun suvdan uzoq bo‘ling cho‘milmang deylvoti. Shunga tahorat va g‘usl qilish muamoroq bo‘lmoqda. Nomozlar qolib ketvotti va tahorat va g‘uslsiz namozni kamchiliklarini o‘rganib tursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni tark qilishga hech qanday vaziyatda ruxsat yo‘q. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Shariatda agar suv ishlatish kasalni ziyoda bo‘lishi yoki kasalning tuzalishi kechikishiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, g‘usl va tahorat o‘rniga tayammum qilish joiz hisoblanadi. Doktorlar ko‘pincha ehtiyot qilib ham shunday gaplarni aytishadi. Bunga aniqlik kiritish kerak. Shuning uchun agar haqiqatda g‘usl va tahorat qilishni sog‘ligingiz ko‘tarmasa, tayammum qilib namoz o‘qishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 183 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar