Fatvolar to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Ushbi fatvolar haqida so‘ramoqchidim. 1.SAVOL: Tahoratdan so‘ng ba’zi a’zosini yuvgan-yuvmaganligida shak qilib qolsa nima qiladi? JAVOB: a) tahorat chog‘ida biroz a’zosini yuvgan-yuvmaganligida, mash qilgan-qilmaganligida ikkilanib qolsa, bu umrida birinchi bor bo‘layotgan bo‘lsa, yuvadigan joyini yuvib, mash qiladigan joyini mash qilib oladi. Agar odat bo‘lib qolgan bo‘lsa tahoratini davom ettiraveradi. Shak qilgan a’zosini yuvishi yoki mash tortishi farz bo‘lmaydi. Badoyi’. b) Tahorat qilib bo‘lib ikkilansa, xoh birinchi bor bo‘layotgan bo‘lsin, xoh odat bo‘lib qolgan bo‘lsin, e’tibor qilmaydi. Qaytadan yuvishi farz bo‘lmaydi. v) tahorat qilganligi aniq esida bo‘lib, keyin tahorat singan, sinmaganligida ikkilanib qolsa, tahorati bor deb hukm qilinadi, qayta tahorat olishi farz emas. Buning aksi o‘laroq, tahorati ketganligi aniq bo‘lib, keyin tahorat qilgan, qilmaganligida ikkilanib qolsa, tahorat qilishi farz bo‘ladi. “Aniq” narsa “shak” bilan bekor bo‘lmaydi, qoidasiga binoan. g) tahorat qilganligi ham, tahorati ketganligi ham aniq bo‘la turib, qay biri avval sodir bo‘lganligida ikkilansa, tahoratli, deb hukm qilinadi. Yuqoridagi suratlarni barchasida shak qilayotgan tomonning keyinchalik qaysidir biri aniq ma’lum bo‘lib qolsa, o‘shanga qarab ish tutadi. 2.Peshob chiqqandek bo‘lsa tekshiriladi agar aniqlansa kiyim almashtiriladi agar aniqlanmasa almashtirilmaydi, agar bu kasallik yoki shunga o‘xshash uzrli holat bo‘lsa hech nima qilinmaydi faqat har bir namozga yangi tahorat olinadi? Shu fatvolar to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa shunga a’mal qilib o‘qigan namozimchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat chiqadigan joyga kiyimni nopok qilmaydigan narsa qo‘yib olinadi. Keyingi namozdan oldin ungacha nopok bo‘lgan narsani olib tashlab yangisini qo‘yib o‘qiyveradi. Qolgani to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat chiqadigan joyga kiyimni nopok qilmaydigan narsa qo‘yib olinadi. Keyingi namozdan oldin ungacha nopok bo‘lgan narsani olib tashlab yangisini qo‘yib o‘qiyveradi. Qolgani to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar