Tog‘utlar haqida

Assalomu alaykum! Baqara surasida tog‘utlar haqida zikr qilingan ekan. Tog‘utning belgilari qanday, ularga yordam berish hukmichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz so‘rayotgan narsa har tomonlama o‘rganishligi va har tomonini inobatga olish kerak bo‘lgan masaladir. Biz chittakni ishini qilmaylik. U har kuni “Osmon uzilib tushsa ushlab qolaman” deb oyog‘ini osmonga qilib yotar ekan. Bu haqda og‘izlarini gupirtirib gapirayotganlar ham chittakdan farq qilishmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar