Kalb taskin topishi uchun

Assalamu alaykum! Alloh ishlaringizni davomiy qilsin. Meni ko‘pincha qilgan xatolarim qiynaydi va namoz vaqtida ko‘p hayolimga keladi. “U qilgan ishlarim farzandlarimga urmasin” deb, Allohga tavba qilaman, namozlarimda so‘rayman. Iltimos maslahat bering bu holatdan chiqib ketish uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ruhiy tarbiya mashoyixlari: “Bir kishi qilgan xatosiga bir bor sidqidildan tavba qilganidan keyin, Allohning kechiruvchi sifatidan umid qilishi kerak. Mabodo sidqidildan tavba qila olmadim desa yoki beixtiyor qilgan gunohi esiga tushaversa, yana qayta tavba qilsin. Undan keyin hadeb gunohini eslayvermaslik kerak. Chunki bu narsa shaytoniy bo‘lib, insonni yaxshi amallarga bo‘ladigan shashtini ham pasaytiradi. Hamda sidqidildan tavba qilganidan keyin, gunohni qayta-qayta eslayverish Allohning “G‘affor” sifatini qadrlamaslik ham bo‘ladi. Ko‘rmaysizmi bir kishi birortasiga nisbatan xatoga yo‘l qo‘ysa va undan astoydil kechirim so‘rasa, u kechiradi. Yana qaytadan kechirim so‘rayversa, “meni qalbida gina saqlab yuruvchi deb o‘ylayabsizmi” deb jahli chiqadi” deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar