Bavldan saqlanmaslik haqidagi hadis
Assalomu alaykum! «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabrning yonidan o‘tib ketayotib: «Albatta, bu ikkovi azoblanmoqda. Azoblanishlari katta narsada emas. Ulardan biri siydikdan toza bo‘lishga e’tibor bermas edi. Boshqasi esa, chaqimchilik qilib yurar edi», — dedilar. Bir xurmoning xo‘l shoxini olib kelib, ikkiga bo‘lib, ikki qabrga bittadan suqib qo‘ydilar. Kishilar: «Ey Allohning Rasuli, nega bundoq qildingiz?» dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quruguncha ikkovlaridan azob engillatilsa», — dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar)». Bu erda siydikdan poklanmaslik deganda xojatdan so‘ng taxorat olmaslik nazarda tutilyaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda siydik tomchilaridan sachragan zarralaridan saqlanmaslik, shuningdek hojatga kirganda xususan umumiy hojatxonalarga kirganda avratini o‘zgalardan berkitmaslik nazarda tutilgan. Hadisda bavli tufayli o‘zini to‘smas edi, ya’ni avratini saqlamayotganligini aytilgan. Bunga bavldan boshqa umumiy holatlarda ham avratini berkitmaydiganlar ham kiradi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 209 | Hadislar