3 taloqga qiyos

Assalomu alaykum! Bir inson aytdiki, kaysidir bir er ayoliga birdan 3 taloq qo‘ysa xam, 1 taloq tushadi va bunga dalil ularoq ikkita xujjat keltirdi: 1) Qr’onda Alloh taolo "Taloq ikki martadir" degan, va bu erdagi "marta" so‘zi birdan bo‘lmasligini taqozo qiladi. 2) Bir kishi "33 marta SubxanAlloh" deb adad bilan aytib qo‘ysa, u "33" degan so‘zi bilan 33 marta birma-bir aytib chiqganing savobini olmaganidek, "3 taloq" deyishi bilan xam 3 taloqga o‘tmaydi. Bu dalillar qanchalik asosli? Bizning mazxabda, birdan 3taloq degan odamning so‘zi 3 taloqga o‘tadi. To‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, bir lafz bilan uch taloq desa uch taloq tushadi. Sizga keltirilgan misollar bu masalaga hujjat bo‘la olmaydi. Chunki bu masaladagi dalillarni o‘rganib chiqqan to‘rt mazhab imomlari hammalari bir ovozdan bir lafzda aytilgan uch taloq uch taloq bo‘lishini aytib o‘tishgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar