Soch bo‘yicha vaziyat
Assalomu alaykum! Oilada 3ta qiz farzandmiz. Alhamdullillah hijobdaman, avratlarimni bekitganman. Afsuski, mendan keyingi 2ta singlim hijobda emas, negadir o‘ranishni hohlashmaydi huddi hijobda yursa qaysidur erkinliklari huquqlari kamayadi deb hisoblashadi. Lekin ba’zi holatlarda singillarim ularning sochlarini o‘rab qo‘yishimni, ya’ni qandaydur chiroyli qilib o‘rib qo‘yishimni, turmaklashimni, yoki bazida ayollar uchun soch dazmoli bor shunda sochlarini tekislab qo‘yishimni hohlashadi va bu holatda ya’ni chiroyli sochlari bilan ko‘chaga chiqishadi, maktabga yoki boshqa joylarga bunda esa ularni nomahramlar ko‘radi. Shunday holatda ularni sochlarini o‘rib qo‘yishim, soch dazmolida dazmol bilan tekislab qo‘yganim uchun gunohkor bo‘lmaymanmi, chunki ularni sochini chiroyli qilib qo‘yganim uchun va ular shu holatda ko‘chaga chiqqani uchun, ko‘chada esa chiroyli yurishi uchun men sababchi bo‘lib qolmaymanmi. Bu holatda qiladigan ishim to‘g‘rimi yoki boshqa ularni sochlarini o‘rib turmaklamaganim maqqulmi? Ularga bu ishni qilmayman deb to‘g‘ridan to‘g‘ri aytishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avratlarini nomahramga ko‘rsatishi og‘ir gunoh. Bilib turib yordam bersangiz, o‘sha gunohga sherik bo‘lasiz. Chiroyli nasihat qiling. O‘zingiz o‘rnak bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar