Namozda 1-safda turish

Assalomu alaykum! Hadisi shariflarda eshitganim uchun juma namoziga iloji boricha ertaroq borishga va iloji boricha oldingi safda turishga harakat qilaman. Bir kun masjidga soat taxminan 11da bordim u paytda deyarli hech kim yo‘q edi va man 1-qatordan joy olib o‘tirgandim, juma xutbasidan keyin imom 1-qatordagi yoshlarga orqaga o‘tishni keksalarga joy berishimizni aytdi. Man imomni gapini erda qoldirmadim lekin ichimdan azgina xafa bo‘ldim. Ataylab 1-qatorda namoz o‘qiman deb niyat qilib kelgandim. Biz yoshlar 1-qatorda turishga haqqimiz yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi borib o‘tirganingizga ham bo‘shatib berganingizga ham in shaa Alloh savob olasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar