Shunday duo mumkinmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tug‘ilajak farzandim tug‘ilishiga oz vaqt qolganda ayolim qornida vafot etdi, ya’ni o‘lik tug‘ildi. Shafoat xaqidagi bir savolning javobida voyaga etmay vafot etgan bolalar xam shafoatchi bo‘lishi yozilgan ekan. Savolim shuki, namozlarimda Allohim shu farzandimni qiyomatda bizlarga shafoatchi qilgin deb duo qilsam bo‘ladimi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafotlarini so‘rab duo qilaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar sabr qilsangiz va musibatning savobidan umid qilsang albatta shafoatiga erishasiz. Chunki bunday qilganga shafoat berilishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bayon qilganlar. عن مُعاذِ بنِ جبلٍ رضيَ اللهُ عنه عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلم قالَ : (وَالَّذِيْ نَفْسِيْ بِيَدِهِ إِنَّ السِّقْطَ لَيَجُرُّ أُمَّهُ بِسَرَرِهِ إِلَىْ الجَنَّةِ إِذَا احْتَسَبَتْهُ) رواه ابن ماجه Muoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, siqt(nobud bo‘lgan homila) kindigi bilan onasini jannatga tortib kiradi. (Vafot topgan vaqtida) Savobini umid qilsa” dedilar".
Ibn Moja rivoyati. قال النووي رحمهُ الله : موتُ الواحدِ من الأولادِ حجابٌ منَ النار ، وكذا السقطُ Imom Navaviy rahmatullohi alayh :
“Farzandlardan birortasining vafoti(ota-ona uchun) do‘zaxdan to‘siqdir. Shuningdek tug‘ilmay nobud bo‘lgan homila ham” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 150 | Duolar