Nikohdan o‘tishimiz to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! yoshim 19 da, bir yigit bilan 2 yildan beri bir birimizni yoqtiramiz. Buni meni oilamdagilar bilishmaydi, lekin ularniki bilishadi. Hozirgi kunga kelib ular menga nikohdan o‘tib qo‘yaylik bu yurishlarimiz gunoh kuni bo‘yi gaplashamiz gunohga botishni davom etmaylik deyaptilar. Men nima qilishni bilmayapman ota-onalarimizdan bu ishni yashirib qilishimiz to‘g‘rimi? Lekin nikohdan keyin birga yashamaymiz, shunchaki gaplashib yurishimiz gunoh bo‘lmasin deyapmiz xolos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda bu ishlaringizni yig‘ishtiring. Allohdan qo‘rqing, qiz bolaning sha’ni misoli shisha idishga o‘xshaydi. Arzimagan narsa bilan bir umrga dog‘ tushadi yoki chil-chil sinadi. Qilib yurgan ishlaringizga qattiq tavba qilinglar. Ota-onangizga aytmasdan nikoh o‘qitishni xayolingizga ham keltirmang. Sizku so‘rabsiz, bu ishni o‘zboshimcha qilib qo‘yganlar ming-minglab afsusda yurishibdi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar