Pora berib o‘qigandim topganim nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Man maktabni bitrganimdan so‘ng kollejga kirganimda, Alloh kechirsin pul bilan kirganman. O‘zim viloyatdanman ana shu vaqtlarda viloyatdan shaxardagi aksari kolejga shu tariqa kirilardi. Man bu bilan o‘zimni sira oqlamoqchi emasman. So‘ramoqchimanki boshida pora bilan kirgan o‘qishimdan olgan diplomimdan foydalanib biror joyida ishlasam topayotganim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pora berganingiz to‘g‘ri emas. Bunga tavba qilishingiz kerak. Ammo diplomingizga yarasha mutaxassis bo‘lsangiz, ishlab topgan mashingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar