Shu holatda namoz joizmi?
Assalamu alaykum! Oldingi safar bergan savolimga javob oldim, Alloh rozi bo‘lsin. Savol berishga ijozat bersangiz. Uyqudan uyg‘ongandan so‘ng yomon tush tufayli kiyimimda suyuqlik paydo bo‘libdi. G‘usl qilib, bomdodni o‘qidim. Tong otgandan so‘ng ishga keldim. Biz bir sutkadan ishlaymiz, peshin namoziga tahorat olgani vannaga kirdim va bavldan so‘ng ozgina rangsiz suyuqlik sezildi, mustahab qildim-da tahorat olib peshinni o‘qidim. Bu hol asr namozida ham takrorlandi. Bunda ham xuddi avvalgidek bo‘ldi. Yana tahorat olib namoz o‘qidim. O‘sha rangsiz suyuqlikdan keyin ham g‘usl qilishim kerakmidi? Ishxonada g‘uslga sharoit yo‘q. Bunday holatda namozlarim joizmi? Iltimos, javob bersangiz, ikkilanib qoldim, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar g‘usl qilishdan oldin bavl qilmagan bo‘lsangiz, keyingi namozlarni qayta o‘qib olasiz. Chunki Abu Hanifa va imom Muhammad nazdlarida maniy beldan ajrayotgan vaqtda shahvatning topilishini shart qilib, tashqariga chiqayotganida shahvat topilishini shart qilmaganlar. Shunga binoan birinchi bavl qilmasdan avval qilgan g‘uslingiz durust bo‘lib, bavl qilganingizdan keyin ikki imomning nazdlarida maniyning qolgani chiqqani uchun yana qaytadan g‘usl vojib bo‘ladi. Agar birinchi g‘usl qilishdan avval bavl qilgan bo‘lsangiz keyingi chiqqan suyuqliklar nima ekanligini bilish kerak bo‘ladi. Agar u suyuqlik shahvatdan ajragan bo‘lsa (masalan, biror narsani xayolingizga keltirish natijasida), maniy bo‘lsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Agar maniy bo‘lmasa, tahoratingiz ketgan bo‘lib, namozlaringiz joiz bo‘ladi. 1. Ajralib chiqayotganda otilib, shahvat bilan keladigan maniyni tushirish. Avvalo ushbu bobda tez-tez takrorlanib turadigan ba’zi istilohlarni o‘rganib olaylik. «Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. «Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik. Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q. Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi. Ammo maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina, g‘usl vojib bo‘ladi. Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganida ho‘llikni ko‘rib, maniy deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Ulamolarimiz maniydan g‘usl qilish vojib bo‘lishiga quyidagi rivoyatni dalil qiladilar: Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ko‘p maziylik kishi edim. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan edim, ul zot: «Maziyda tahorat, maniyda g‘usl», dedilar». Ahmad rivoyat qilgan. “Kifoya” kitobidan. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 179 | Tahorat