Insof

Assalomu alaykum! Ustozlar, kecha mashinamda avariya bo‘ldim, ya’ni kelib meni urdi. Lekin men tushib “qo‘rqib ketmadingizmi” deb hol ahvol so‘rab mashinani chetga oldim. Keyin yugurib kelib mendan hujjat so‘rab hamma aybni menga to‘ngab qo‘ydi. “GAI chaqirayli” desam “nima mashinani chetga olasan” deb xarxasha qildi. Mashinasida ayol kishi bor ekan, keyin menga bo‘xtonlar yog‘dirib, hatto “ichgansan” dedi. Buni sizlarga yozishimdan maqsad juma maruzalarida insof haqida ham bir mavzu qilinsa, iltmos. Yaxshili qilaman deb aybdor bo‘lib qoldim. Men ham tushib so‘ksam bo‘lar edi, lekin musulmonmizku deb shu ishni qilmadim. Pul va mol-dunyo topiladi, lekin bir muslmonni qalbini og‘ritmaslik kerakku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning qilgan hech bir yaxshiligi izsiz va Allohning nazdida ajr-savobsiz qolmaydi. Siz qilgan ishingizga Allohdan savob umid qiling. Qolganiga ko‘zingizni yuming. Mazlum holatingizda Alloh ularga tavfqi berishini duo qiling. Ajab emas duoingiz ijobat bo‘lib, kelgusida solih insonlar safiga qo‘shilib qolishsa. حَدَّثَنِي شَقِيقٌ، قَالَ عَبْدُ اللهِ: كَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَحْكِي نَبِيَّا مِنَ الْأَنْبِيَاءِ ضَرَبَهُ قَوْمُهُ فَأَدْمَوْهُ، وَهْوَ يَمْسَحُ الدَّمَ عَنْ وَجْهِهِ، وَيَقُولُ: «اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِقَوْمِي فَإِنَّهُمْ لَا يَعْلَمُونَ». طرفه: 6929 - تحفة: 9260 - 214/4 Shaqiq bunday so‘zlab berdi: «Abdulloh aytadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning anbiyolardan biri haqida: «Qavmi uni urib, qonga beladi. U yuzidan qonni artar ekan: «Allohim! Qavmimni mag‘firat qilgin, chunki ular bilishmaydi», der edi», deb hikoya qilayotganlarini ko‘rib turgandekman».    أَنَّ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا زَوْجَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم حَدَّثَتْهُ، أَنَّهَا قَالَتْ لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: هَلْ أَتَى عَلَيْكَ يَوْمٌ كَانَ أَشَدَّ مِنْ يَوْمِ أُحُدٍ؟ قَالَ: «لَقَدْ لَقِيتُ مِنْ قَوْمِكِ مَا لَقِيتُ، وَكَانَ أَشَدُّ مَا لَقِيتُ مِنْهُمْ يَوْمَ الْعَقَبَةِ، إِذْ عَرَضْتُ نَفْسِي عَلَى ابْنِ عَبْدِ يَالِيلَ بْنِ عَبْدِ كُلَالٍ، فَلَمْ يُجِبْنِي إِلَى مَا أَرَدْتُ، فَانْطَلَقْتُ وَأَنَا مَهْمُومٌ عَلَى وَجْهِي، فَلَمْ أَسْتَفِقْ إِلَّا وَأَنَا بِقَرْنِ الثَّعَالِبِ، فَرَفَعْتُ رَأْسِي فَإِذَا أَنَا بِسَحَابَةٍ قَدْ أَظَلَّتْنِي، فَنَظَرْتُ فَإِذَا فِيهَا جِبْرِيلُ فَنَادَانِي فَقَالَ: إِنَّ اللهَ قَدْ سَمِعَ قَوْلَ قَوْمِكَ لَكَ، وَمَا رَدُّوا عَلَيْكَ، وَقَدْ بَعَثَ إِلَيْكَ مَلَكَ الْجِبَالِ لِتَأْمُرَهُ بِمَا شِئْتَ فِيهِمْ، فَنَادَانِي مَلَكُ الْجِبَالِ، فَسَلَّمَ عَلَيَّ ثُمَّ قَالَ: يَا مُحَمَّدُ، فَقَالَ ذَلِكَ فِيمَا شِئْتَ، إِنْ شِئْتَ أَنْ أُطْبِقَ عَلَيْهِمِ الْأَخْشَبَيْنِ، فَقَالَ النَّبِيُّ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: بَلْ أَرْجُو أَنْ يُخْرِجَ اللهُ مِنْ أَصْلَابِهِمْ مَنْ يَعْبُدُ اللهَ وَحْدَهُ لَا يُشْرِكُ بِهِ شَيْئًا». طرفه: 7389 - تحفة: 16700 - 140/4 Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho bunday so‘zlab berdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Boshingizga Uhud kunidan ham og‘irroq kun kelganmi?» dedim. U zot shunday dedilar: «Darhaqiqat, menga qavmingdan etadigani etdi. Ulardan menga etgan narsalarning eng qattig‘i Aqoba kuni bo‘lgan. O‘shanda Ibn Abduyalil ibn Abdukulolga meni (himoyasiga) olishni taklif etgan edim. Biroq u men istagan narsani qabul qilmadi. Men tashvishli holda boshim oqqan tomonga qarab yurib ketdim. Qarnus-sa’olibga* kelgandagina o‘zimga kelib, boshimni ko‘tardim. Qarasam, bir bulut menga soya solib turibdi. Nazar solsam, unda Jabroil bor ekan. U menga nido qilib: «Batahqiq, Alloh qavmingning senga aytgan gapini, senga nima javob qaytarganini eshitdi. U Zot ular haqida istagan narsangni buyurishing uchun huzuringga tog‘ farishtasini yubordi», dedi. Shunda tog‘ farishtasi menga nido qilib, salom berdi. So‘ngra: «Ey Muhammad! Nimani istasang, shu. Agar ularning ustiga «Ikki Axshab»ni* to‘ntarib tashlashimni istasang (shunday qilaman)», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q! Alloh ularning pushtikamaridan yolg‘iz Allohga ibodat qiladigan, U Zotga hech narsani sherik qilmaydigan kishilarni chiqarishini umid qilaman», debdilar». * Qarnus-sa’olib – Makka-Toif yo‘lidagi Makkaga yaqin joy. * Ikki Axshab – Makkai Mukarramadagi ikki katta tog‘. Ulardan birining nomi Abu Qubays bo‘lib, Ka’baning sharq tomonida, ikkinchisi – Qu’ayqo’ tog‘i esa uning g‘arbida joylashgan. Ularning balandligi 420 va 230 metrni tashkil qiladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 165 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar