Ayollarning uchun qasam kafforati
Assalomu alaykum! Ustoz sizga yana boshqa bir masala yuzasidan savol yo‘llamoqdaman. O‘tgangi savolimda sizga ho‘janimlar bilan ko‘p urushib qolamiz deb yozgan edim. Shu 2 yoki 3 marta qattiq hafa qilgan vatlarida vallohi gapirmiman yoki hizmatini qilmayman deb qasam ichgan edim. Song jaxlimdan tushgach, Alloh menga gazab qilmasin deb , ichgan qasamimni buzgan edim. Qasamni kafforati haqida o‘qidim 10 ta miskinni to‘ydirish yoki ularga kiyim qilib berish yoki ro‘za tutish ekan. Men shu amallardan qay birini ado etay? Yani o‘zim uyda o‘tiraman. Pul topmayman. Erimdan pul olib, qasamimni 3 marotaba buzganim uchun 30 ta miskin to‘ydirishga etadigon pulni exson qilib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyida kelgan tartib bo‘yicha qilasiz. Bir narsaga qasam ichib, o‘sha narsada qasamni bir necha marta buzsa, bir marta kafforat ado etadi. “Kifoya” kitobida shunday deyilgan: وَلِمُسْلِمٍ: أَعْتَمَ رَجُلٌ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، ثُمَّ رَجَعَ إِلَى أَهْلِهِ، فَوَجَدَ الصِّبْيَةَ قَدْ نَامُوا، فَأَتَاهُ أَهْلُهُ بِطَعَامِهِ، فَحَلَفَ لَا يَأْكُلُ مِنْ أَجْلِ صِبْيَتِهِ، ثُمَّ بَدَا لَهُ، فَأَكَلَ، فَأَتَى رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ، فَرَأَى غَيْرَهَا خَيْرًا مِنْهَا، فَلْيَأْتِهَا، وَلْيُكَفِّرْ عَنْ يَمِينِهِMuslimning rivoyatida:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida qorong‘i zulmatgacha o‘tirdi. So‘ng ahliga qaytib borsa, kichik bolalari uxlab qolishgan ekan. Ahli unga taom keltirdi. U bo‘lsa, kichik bolalari tufayli taom emaslikka qasam ichdi. Keyin esa fikri o‘zgarib, taomni edi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, bo‘lib o‘tgan narsani zikr qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir narsa uchun qasam ichsa-yu, so‘ngra undan yaxshirog‘ini ko‘rib qolsa, o‘shani qilsin va qasamiga kafforat bersin», dedilar», deyilgan.
Arab tilida «kafforat» so‘zi bir narsani yaxshilab, mutlaqo ko‘rinmaydigan qilib to‘sib, berkitishga ishlatiladi.
Shariatda esa sodir etilgan gunohni yuvish uchun ado etiladigan moliyaviy yoki badan ibodatiga «kafforat» deyiladi.
Ichgan qasamini buzishga majbur bo‘lgan inson ado etishi vojib bo‘lgan kafforat quyidagicha:
1. Bir qul ozod qilish.
Qasamini buzgan kishiga kafforat uchun belgilangan jazo choralaridan Islom dini beva-bechoralarga, kambag‘al-miskinlarga qanchalik e’tibor bilan qaragani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Shuningdek, bu mukammal va olamshumul dinning qulchilikka qarshi bo‘lgani va qullarni ozod qilishga qattiq uringani ham ko‘rinib turibdi. Islomda bu ishlar gunohlarni yuvadigan ibodat darajasiga ko‘tarilgani e’tiborga sazovordir.
2. O‘nta miskinni to‘ydirish.
Miskinlarni to‘ydirishdagi mazkur o‘lchov kafforat beruvchi o‘z ahliga beradigan bir kunlik o‘rtacha taom miqdoridir. Agar kafforat ado etishi lozim bo‘gan shaxs o‘nta miskinga taom berishni xohlamasa, uchinchi xil kafforatni ado etishi ham mumkin.
3. O‘nta miskinga butun badanini to‘sadigan bir sidra kiyim berish.
Kiyim ham o‘sha vaqtning, joyning va qavmning o‘rtacha kiyimi bo‘ladi.
Og‘ziga kuchi etmaydigan, o‘ziga e’tibor qaratish va bir ishni qilish yoki qilmasligini ta’kidlash maqsadida Alloh taoloning nomi ila qasam ichib, so‘ngra o‘z qasamiga sodiq qola bilmagan odam aslida Allohga nisbatan katta beodoblik qilgan bo‘ladi. Bu ishning jazosiga boshqacharoq chora ham belgilash mumkin edi. Ammo Alloh taolo aynan faqir, miskin va qullarga mehr ko‘rsatib, ularning foydasini ko‘zlovchi choralarni belgilagan.
Qasamini buzadiganlarning hammasi ham o‘nta miskinni to‘ydirish yoki ularga bir sidra kiyim olib berish, yoxud bir qul ozod qilish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Ularning ichlarida kambag‘allari ham bo‘lishi turgan gap. Ana shunday imkoni yo‘q qasamxo‘rlarga o‘ziga xos jazo chorasi belgilangan:
4. Agar ularni ado etish paytida ojiz bo‘lsa, ketma-ket uch kun ro‘za tutadi.
Demak, qasamini buzgan odam kafforatni ado qilish uchun o‘nta miskinni taomlantirish yoki shuncha adaddagi miskinga kiyim-bosh olib berish, yoxud bir qul ozod qilishga moliyaviy imkoni yo‘q bo‘lsa, uch kun ro‘za tutib, kafforatni ado etishi vojib bo‘ladi.
Avvalgi uch jazo chorasining ichidan birini tanlash ixtiyoriydir, lekin to‘rtinchi jazo chorasini ado etishga faqatgina mazkur uch chorani ado etishga imkoni yo‘q kishilargina muyassar bo‘ladilar.
Shariatimizda qasamini buzgan kishilar uchun kafforat ado etishni joriy qilishda avval zikr qilingan foydalardan tashqari, tarbiyaviy omil ham bor. Qasamini buzgan odamga kafforat ado etishni vojib qilishda uni o‘ziga keltirish va va’z-nasihat omili bor. Bir marta kafforat ado etishga majbur bo‘lgan inson bundan keyin har bir gapini yaxshilab o‘ylab gapiradigan va Alloh taoloning nomi ila qasam ichishdan oldin o‘ziga bir nazar soladigan bo‘ladi. Uning holini ko‘rgan boshqa kishilar ham ibrat olib, gaplarini o‘ylab gapiradigan bo‘lishadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar