Rossiyadagi nomoz vaqtlari

Assalomu alaykum! Men yaqinda rossiyaning Nijniy Novgorod shaxriga kelganman. Bu erda namoz vaqtini bilish juda qiyin ekan. Internet orqali izlab topdim. O‘sha jadval orqali o‘qiyapman. Lekin xar oylik jadvalni izlasam xar xil vaqtli jadval chiqyapdi. Masalan avgust oyi uchun 1 yoki 3-4ta vaqtli jadval chiqadi. Shunda ikkilanib qolaman namozim vaqtida ado bo‘lyapdimi deb. Bu erda masjid yo‘q azon eshitilmaydi. Shunga qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha erning diniy idorasiga borib aniqlashtirib oling. Surishtiring, masjid bo‘lsa kerak faqat uzoqroqdir. Yoki o‘sha erda avvaldan yashovchi musulmonlardan ham so‘rashingiz mumkin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 199 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar