Yotoqxonadagi sheriklar qimor o‘ynashadi
Assalomu alaykum! Men yaqinda o‘qishlar ananaviy boshlanganligi sababli toshkentga keldim. Tanish bo‘lgandayam ancha tanish bo‘lgan kursdoshlarim bilan birgalikda pullik turar joy topdik. Joylashib ham oldik. Har hafta pul yig‘ishib bozor qilamiz oziq ovqat uchun. Lekin bilsam xonadoshlarimdan 2 tasi 1Xbet o‘yinini o‘ynasharkan. Men ularga ancha tushuntirdim bu qimor harom deb foydasi bo‘lmayapti. Ular plastik kartasidan o‘sha o‘yinga pul tikib pul ishlarkan yani plastigida halol pul ham o‘sha qimordan tushgan xarom pul ham bor. Ro‘zg‘orga bozar uchar qilinganda o‘rtaga pul tashlanadi. Tabiiyki ular ham pul qo‘shishadi. 4 ta kishi tomonidan qo‘shilgan halol pul va 2 kishi tomonidan qo‘shilgan xarom pul yig‘ilib bozor uchar qilinsa u mahsulotlarni hukmi qanday bo‘ladi? Xalqumimdan bilib bilmay xarom luqma o‘tib qolishidan Allohdan panoh so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Puli halol bo‘lganlarning o‘zlari alohida taom qilinglar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Puli halol bo‘lganlarning o‘zlari alohida taom qilinglar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar