Kuyovning qaynotani oldida muomalasi

Assalomu alaykum! To‘ydan oldin yuklarni toshishda to‘yni egasi (qaynota), ammalar va xattoki 80 yoshli xola ham savat va shunga o‘hshash yuklarni toshish paytida, 10 yilgi kuyov joyidan qimirlamay o‘tirgan. Men hayratda qolib, o‘sha kuyov to‘rani xolalaridan (o‘sha 80 yoshli ayoldan): “Nimaga qarashmayapti, pul topib, insofini yo‘qotdimi?”- deb so‘rasam, “Dinimizda Kuyov qaynotanikida ish qilmaydi.” -degan javob eshitdim. Shu to‘g‘rimi, devday erkak o‘tirsayu, undan yoshi kattalar hizmat qilib yurishsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Dinimizda Kuyov qaynotanikida ish qilmaydi” degan odamni o‘zi dinimizni bilmas ekan. Bunday safsata gaplarni yoki urflarni dinimizdan deb gap tarqatish yoki kimgadir aytish, bu Islomga tuhmat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar