Kir yuvish

Assalomu alaykum! Saytdan o‘zimga o‘xshagan holatni topa olmadim. Uzr so‘rayman. Men har doim kir yuvishda kirlarni 1 marta sovunlab ishqalab yuvamanda o‘zim toza bo‘ldi deb o‘ylagunimcha siqib chayaman. Usti salafanli kiyimlarni yuvgan edim qurigach har har joyida oq dog‘lar paydo bo‘lib qolibdi. Bu menimcha chala chayilganidan sovun ko‘pigi izlari bo‘lsa kerak. So‘ngra menda shubxa paydo bo‘ldi, men yuvgan kirlar chala chayilar ekan deb. Buni hukmi nima bo‘ladi deb saytdagi savol javoblarni o‘qigan edim kirlar 3 marta yuvib 3 marta chayilganidan keyin pok bo‘ladi degan javoblarni o‘qidim. Lekin men 3 martadan ham ko‘p chayqar edim. Shunda ham mag‘zavasi ketmagan ekan. Shunda men yuvgan kiyimlarda nomoz o‘qib bo‘lmaydimi? Ular haliyam najosat hukmida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch marta chaygan bo‘lsangiz pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar