Kechiringlar?

Assalomu alaykum, aziz va qadrli ustozalar! Shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning kitoblaridagi ma’lumotlardan nusxa ko‘chirishga ruxsat bermabsizlar. Bu ishlaringni qo‘llab-quvvatlayman va bu eng to‘g‘ri qaror. Men Shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning “Ijtimoiy odoblar”, “Hadis va Hayot”, “Tafsiri Hilol” va boshqa kitoblaridan nusxa ko‘chirib, uni ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarga tarqatgan edim. Men bu ish xato ekanligini bilmagan edim. Sizlar Shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning merosxo‘rlarisizlar. Iltimos, meni kechiringlar. Bu ishimni qaytib takrorlamayman. Alloh uchun rozi bo‘linglar? Qiyomatga qolmasin? Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin! Omiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh barchamizni kechirsin va hidoyatda bardavom qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 128 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar