Amallar niyatga bog‘liq kitobidan
Assalomu alaykum! Kitobning izohlarida "qazoan" iborasi zohiriga qarab hukm qilingan narsaga ishlatiladi, "diyonatan" esa niyat etiborga olinadi deyilgan. Amalda qaysi biri etiborga olinadi? Masalan yana shu kitobda ba’zi taloq masalalarida qazoan taloq tushadi, diyonatan tushmaydi yoki teskarisi. Amalda diyonatan tushgani hisobmi? Yani diyonatan taloq tushmasa nikoh o‘qitmasa ham bo‘ladimi? 2) Nafl va tartibli sunnat namozlariga niyatni tayin qilish shart emas, mutlaq niyat bilan ham to‘g‘ri bo‘laveradi deyilgan, shunga ko‘ra tarovehda boshida mutlaq niyat qilsa bo‘ladimi? 3) Meni 7 yillik qazo ramazon ro‘zalarim bor hisoblab chiqsam har dushanba va payshanba(ramazondan boshqa) tutsam 2 yilda tugatar ekanman. Shunga ko‘ra shu yilning boshidan boshlagan edim, niyatni zimmamdagi oxirgi qazo ramazon ro‘zasi dep niyat qilardim, lekin kitobda yilni tayin qilish shart deyilgan. Men qilgan niyatda karohiyat bo‘lganmi? Aniq yil esimda yo‘q. 4) Qazo ro‘zalarini subhgacha niyat qilish shart ekan. Men ko‘pincha tutish kunim aniq bo‘lgani uchun o‘sha kechasi ertaga xudo xohlasa yana bitta qazo ro‘zamni tutib beraman deb niyat qilaman va saharlikda niyatni yangilab olaman ammo ba’zida saharlikga turolmasam o‘sha niyat bilan tutaversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz bu kitobni o‘qish bilan bir natijaga erisholmaysiz. Masalangiz bo‘lsa ochiq-oydin so‘rang.2). Har biriga namozga niyat qildim Allohu akbar deyishingiz kifoya qiladi.3). Karohiyati yo‘q. 4). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar