Sababni tashlab qadarni ushlashlik to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Adamla Azgina mazalari bomi isitma chiqib yottila. Hoz sovid kopaygan rossa. Doktor chaqirili dsam yo Sovidmas hammasi yaxshi dib turib oldila. 1 hafta otti. hoz uydila hammada 39-40 isitma. man ozim test topshirib keldim. atak qoganlaga adam rozi bomiyaptila. Xudoni etkani boladi. davolansenam, yotsenam baribir. keyin kasallik yuqmasakanmush. boshida ehtiyot bopturin dganimizda Xudo peshonenga yozgan bosa yuqadi bomasa bitta laganda osh esang ham yuqmidi dgandila. Manam ishonaman hamma narsa Xudodan ekaniga. lekin Xudo xohlasa boladi, qadarga yozilgan bosa boladi db sababini qilmasli keremi? bu bilan adamlani ayblamoxchmasman, sabab va qadarni qaysi birini tanliman, shuni bilomiyaman. jovob uchun rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davolatinglar. عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَصْحَابُهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُؤُوسِهِمُ الطَّيْرُ، فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ، فَجَاءَ الْأَعْرَابُ مِنْ هَاهُنَا وَهَاهُنَا، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ أَنَتَدَاوَى؟ قَالَ: تَدَاوَوْا، فَإِنَّ اللهَ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلَّا وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ Usoma ibn Shariyk roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelsam, u zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan. Salom berib, o‘tirdim. U yoqdan, bu yoqdan a’robiylar kelishdi va:
«Ey Allohning Rasuli, davolanaylikmi?» deyishdi.
«Davolaninglar, chunki Alloh qaysi bir dardni bergan bo‘lsa, albatta, uning davosini ham bergan. Faqat bir dard – qarilikdan boshqasini», dedilar».
«Sunan» egalari sahih sanad ila rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu rivoyatdagi «U zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan», degan jumlaning ma’nosi «Ustida yirtqich qush uchib yurganda jim bo‘lib qolgan ba’zi parrandalar kabi qimir etmay, jim holda o‘tirishgan ekan», deganidir.
Bu hadisi sharifda ham avvalgi ma’no ta’kidlanmoqda, faqat qarilikning davosi yo‘qligi qo‘shib qo‘yilmoqda. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda