Foiz evaziga savdo kilishi
Assalomu alaykum! Bir odamni savdo qilish xuquqiga ega bo‘lgan firmasi bor, bu odam malum xaq % evaziga o‘zi firmasi orqali turli odamlarni molini sotib beradi. Davlat qonuniga asosan, mol sotish uchun faqat o‘z bank xisob raqamiga ega bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan soliq to‘lovchi sifatida o‘tgan firma bo‘lishi kerak. Xaridorlarni mol egalari o‘zlari topishadi, faqat o‘sha odamga kelib, bizga faloncha so‘mlik molga xujat qilib ber deydi. Keyin u odam o‘sha xujatni qilib bersa ular xaridorlar to‘lovni o‘tkazgandan so‘ng mol egasiga puli beriladi kelishilgan muddatda. Masalan 100so‘m o‘tkazsa 90 so‘m beriladi. Ushbu 100dan firma egasi ma’lum miqdorda soliq va turli bank xarajatlarini to‘laydi. Firmani oylik xarajatlari xam bor. Mol sotuvchilar orasida o‘z firmasiga ega bo‘lgan odamlar xam bor, ular xam o‘z firmalari orqali molni sotadi, lekin birinchi odamni firmasidan xujjat qiladi va pul o‘tkazib beradi, o‘sha % evaziga, buning sababi agar mol xujatlarga asosan boshqa firmadan kirim qilinsa uni sotib bo‘lganda xisobot topshirishda kirim xarajati va sotish summasi orasidagi tafovut ya’ni faqat foydadan soliq to‘lanadi. Agar kirim qilinmasa ko‘proq foizda soliq to‘lashga to‘g‘ri keladi va sotuvchi zarar qiladi. Birinchi firma kam foiz evaziga kirim xujatlarini tayorlab bera olishini sababi u firma chet eldan import qiladi va xujatlarga asosan ko‘p soliqni bojxonada to‘lagan bo‘ladi. 1. Tomonlar orasida bo‘layotgan ish to‘g‘rimi? Birichni firma oladigan % mablag‘ va olinadigan foyda xalolmi? 2. Chet bir davlatdan boshqa davlatga malum % evaziga pul o‘tkazib berish xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). U firmaning nomidan ishlash joiz. Qolgan soliqdan qochish yoki boshqa ishlarga biror nima deyolmaymiz. 2). Biror xizmat ko‘rsatsa xizmat haqini olishi joiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). U firmaning nomidan ishlash joiz. Qolgan soliqdan qochish yoki boshqa ishlarga biror nima deyolmaymiz. 2). Biror xizmat ko‘rsatsa xizmat haqini olishi joiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat