It tekkan meva

Assalomu alaykum! Sharbat uchun ikki paqir o‘rik tergandik. Keyin o‘rikni it eyotganini ko‘rib qoldim. 3-4 dona ebdi shekilli ikkala paqirdan ham. It qaysi joyidan eganini bilmay qoldim. Keyin oyim taxminan it so‘lagi tekkan o‘riklarni olib tashlabdi. Balki it so‘lgi tekkan o‘rikdan yana qolgandir(shubhalanyapman). Savol: Shubhani ketkazish uchun o‘riklarni necha marta yuvsa toza bo‘ladi. Agar o‘riklar boshqa idishga olinsa u idish qatron qilinadimi? Paqirlar 3 marta yuvilib quritiladimi yoki 7 martami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch marta. Qatron qilinmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:57 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar