Mazxab tutmaydigan ulamolar

Assalomu alaykum! Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf raximaxullox nafaqat men uchun balki butun Islom olamida katta ilm, katta iz qoldirganlar. Muxammad Sodiq xazrat mazxab ushlamaganmilar? Eshitishimcha islom olim ulamolari mazxab ushlamas ekan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazrat rahimahulloh Hanafiy mazhabida bo‘lganlar, mazhabdan hech qachon chiqqan emaslar. Mazhabni ushlamayman, o‘zim hadislardan hukm olaveraman degan odam adashadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:57 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar