Oisha onamiz ehsonlari

Assalomu alaykum! Yaqinda bitta ma’lumotni o‘qib qolgandim. Unda Oisha onamizning o‘z liboslari yamoq holatda bo‘lsa ham, 70 ming dirham sadaqa qilganliklari aytilgan. Bu juda ham katta miqdordagi mablag‘. Lekin ayol kishi bo‘la turib buncha katta pulni qanaqa qilib yig‘ganlar, biror kasb bilan muntazam shug‘ullanganmilar yoki u pul meros yo hadya qilinganmi? Agar bu haqda sahobalardan yoki tobeinlardan to‘liq ma’lumot qoldirilmagan bo‘lsa uzr so‘rayman savolim uchun. Bunday katta miqdordagi pulni yig‘ish oson emas, ularning irodasi, taqvosiga mahliyo bo‘lganim uchun qiziqib ketdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zilari hadya qilingan ba’zilari esa o‘zlari uchun ajratib berilgan erdan tushgan hosillar bo‘lgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 169 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar