Sherikchilikda shartlar

Assalomu alaykum! Bir solih do‘stim bilan sheriklikka ish boshladik u pul tikishga men u ishni yurgazishga kelishdik va qachon foydaga kirsak uni foydani teng 50/50 bo‘lishga kelishdik. Ishni boshladik mana endi sekin asta 3-4 oy deganda foydaga kirishni boshladik topayotgan foydamiz bir oilani 1 kunlik eb icharini qoplaydi. Men bir muxtoj oilani bilaman shu oila a’zolaridan biriga shu ishni o‘rgatib o‘rnimga qo‘yib o‘zim sheriklikdan chiqib boshqa ish qilaman desam sherigim men bunga rozi emasman deyapti uning roziligi shartmi ? Men bu ishda davom etsam otam va onamni ko‘ngillari o‘ksiyapti (ishimiz halol ammo mashaqqatli kasb) ammo do‘stim bilan lavzlashganmiz unga oilamga ham zulm bo‘lishini xohlamayapman qanday yo‘l tutganim maqul?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi ahdi-va’dasiga vafo qilishi kerak. Shuning uchun faqat zarurat yuzasidan kelishuvni bekor qilishingiz mumkin. Chunki do‘stingiz ham sizning va’dangizga ishonib pul tikkan. Do‘stingiz rozi bo‘lmasa, boshqa odam olib kelishingiz joiz emas. Unga tushuntirishga harakat qiling, yangi keladigan odamni olib kelib bir muddat ishlatib, sinab ko‘rishga rozi qiling. Shunda balki ish yurib ketsa, rozi bo‘lar. Ota-onangizga ham muloyimlik bilan tushuntiring. Va’daga vafo mo‘minning xislati. Alloh tavfiq bersin! Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar