Opamning namozi nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Ustoz Opam ro‘za tutadi, namozini tez o‘qiydi(goxida shunchayam tez o‘qiydimi shu suralardi tashlab ketmayaptimi deb o‘ylab qolaman) to‘g‘ri o‘qiyapman deydilar, zikr qilib turadilar, tirnoqlarga tirnoq ëpishtirib, lak xar xil qilib oladilar(meni g‘ashim keladi jirkanaman). Taxorat qabul bo‘lmaydi u qanaqa namoz bo‘ladi deyman. Betirnoq yurolmiman deydi, ko‘zlariga kiprik xam ulatvogan. Men qancha xadis, rivoyatlar, sizlardan xam shunga o‘xshash ma’lumotlar keltirdim. Bari bekor, bilganlaridan qolmaydilar. Menimcha shayton ikki elkalariga minib olgan shekilli. Bunaka namozdi durust desa bo‘ladimi? Ko‘p aëllar shunaqa qilishadi? Shu narsa gunox mumkin emas lekin qilaverishadi, to‘xtash yo‘q. Shularga nima deyish mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagilarni holiga tushib qolishimizdan saqlanishimiz kerak. Alloh taolo "Kahf" surasida marhamat qiladi:   قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُمْ بِالْأَخْسَرِينَ أَعْمَالًا۝ 103. Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning xabarini beraymi? الَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا۝ 104. Ular bu dunyo hayotidayoq sa’y-harakatlari botil bo‘lgan, o‘zlari esa, go‘zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», – degin.
Ey Muhammad, sen odamlarga: «Bu dunyoda qilgan amallari tufayli eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning kim ekanini xabar qilaymi, aytib beraymi?» – degin. Ularning qilgan amallari oxiratga qolish u yoqda tursin, bu dunyoning o‘zidayoq botil bo‘ladi. Qilgan sa’y-harakatlari befoyda bo‘ladi. Holbuki, ular o‘zlaricha, juda yaxshi ish qilyapmiz, deb o‘ylaydilar. Ana shunday odamlar kim ekanini aytib beraymi? أُولَئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ وَلِقَائِهِ فَحَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَزْنًا۝ 105. Ana o‘shalar Robblarining oyatlariga va U Zotga ro‘baro‘ kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo‘ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz.
Ya’ni yuqoridagi ikki oyatda tasvirlangan, amallari behuda ketadigan, juda yaxshi ishlarni qilmoqdamiz, deb gumon etsalar ham, bu dunyoning o‘zidayoq sa’y-harakatlari botil bo‘ladigan kimsalar,
«Ana o‘shalar Robblarining oyatlariga va U Zotga ro‘baro‘ kelishga kufr keltirganlardir».
Ya’ni ular Allohning oyatlariga va qiyomat kuniga kufr keltirgan kimsalardir. Shuning uchun ham:
«...ularning amallari habata bo‘ldi».
Bir necha bor aytib o‘tilganidek, «habata» so‘zi aslida zaharli xashakni eb qo‘ygan hayvonning qorni shishib ketishi ma’nosini anglatadi. Sirtdan qaraganda, hayvon xashak eb, qornini to‘ydirganga o‘xshaydi. Aslida esa qorniga kirgan taomdan unga hech foyda bo‘lmaydi. Balki zarar etadi. Hatto qorni yorilib, o‘lishi ham mumkin. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 155 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar