Bog‘dorchilikdagi masala

Assalomu alaykum! Meni shaftoli bog‘im bor. Mavsumda yirik xaridorlar yashiklab shaftoli xarid qiladi va yashiklarni o‘zlari beradi. Yashiklarni 1.5 kilo deb berishadi. Aslida uning og‘irligi taxminan 1 kilo chiqadi. Shunda biz xar bir yashik mevadan zararimizga sotamiz. Bu qilayotgan ishlari xalol emasligini aytsam xam xaqiqiy og‘irlik bo‘yicha ish qilish kerakligini aytsam xam rozi bo‘lmaydi. Biz nima qilishimiz kerak, xaqqimizdan kechib bo‘lsada qilayotgan foydamiz xalolmi? Bu xolatda qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotmayman, hamma yashikning birdaniga og‘irligini hisoblaymiz, so‘ng o‘shani chiqarib yuboramiz. Chunki sizlarni bizdan evazsiz olayotgan miqdoringiz ribo, men bu sudxo‘rlikka asosiy sababchiman – deyish kerak. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar