Niyat vasvasa
Assalomu aleykum! Bundan taxminan 2 yilcha oldin Qur’onni o‘rganishga boshladim tajvid qoidalarini tugatdim lekn xar xil yomon xayollar kelaverdi xayotim zindonga o‘xshab qolgandek bo‘laverdi shu bilan ishka chalg‘idimda ilm qolib ketti vaqt o‘tkanidan keyin yana o‘qiyman deb ustozimni oldiga borsam oldingiday o‘qiyaolmadim qoidalar va bazi xarflar esimdan chiqib ketibti yana alifbodan qaytadan boshladim va yana tashlab qo‘ydim va yana vaqt o‘tdi takror boshladim boshqa ustoz bilan eskisini ko‘nglidan qolib kettim chunki o‘yinchoq qilganday bo‘b qoldim shekili xullas yana boshidan boshlab tajvidni bir dona darsi qolganda tashlab yubordim vaqt o‘tkach vaqtimni foydasiz ishlarga faxshga targ‘ib qilyayotkan narsalarni ko‘rishga sarflaydigan bo‘b qoldim asta sekn kichkina gunoxlarga tushib qoldim keyin kabiralar xam kirib keldi nomozlarni xam qazo qiladigan bo‘b qoldim Ishlarim xam orqaga ketti musibatlar keldi tavba qilamanu lekn Qur’onni o‘rganishni boshlolmayman. Shu bilan ikki yilcha o‘tib ketti qalbim qorayib ketkanini sezardim ishlarim xam oldingiday yaxshi emasdi ko‘p bo‘lmadi yana boshlayman eng kamida 30-poradan bir iki sura yodlayman kunim bo‘sh o‘tmasin deb boshladim ishlarim alxamdullillax oldinga yurdi Qur’onni xam boshlayman gunoxlardan xam uzoq yuraman deb niyat qilsam xayolimga sen rizk barakot uchun gunoxlardan kechib Qur’on o‘rganmoqchisan degan vasvasa kela boshladi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U vasvasa, e’tibor bermasdan harakatingizda davom eting. Ilm avvali riyo uchun bo‘ladi. ma’lum joyga etgach faqat Alloh uchun bo‘lib ketadi. Imom G‘azzoliy aka-uka hech qaerda ovqat topolmagach qornimiz to‘yarmikin deb madrasaga o‘qishga kirishgan. Chunki o‘sha erdagina tekinga ovqat tarqatilgan. Oxiri borib tengi yo‘q olim bo‘lishgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 159 | Ruhiy tarbiya