Rozi-rizolik haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar er-xotin urushganida eri ayolini qilgan xizmatlari uchun, yashab o‘tgan shuncha yillik umri uchun "sendan rozimasman " desa, "xamma ibodatlaring xabata bo‘lib ketmasin, extiet bo‘l" deb dooim ayblab kelsa, vaxolangki ayol eriga doim itoatda bo‘lgan, er noxaq bo‘lsa ayolning barcha savoblari xabata bo‘ladimi? Er ayoliga kelajakda yomonlik tilab, agar ayoliga biron bir yomonlik bo‘lmasa Allohdan rozi bo‘lmasligini aytsachi? Buni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi Allohning buyruqlarini bajarib, qaytargan ishlaridan tiyilsa, ibodatlarda mustahkam bo‘lsa, shu bilan birga bor imkoniyatini sarflab erini muboh ishlardagi xohishlarini ado qilib roziligini olishga intilsa albatta oxiratda najot topuvchi jannatiy ayollardan bo‘ladi. Shunday holatda ham er o‘zining noshukrligi yoki nonko‘rligi yoki shaxsiy adovati tufayli ayolidan norozi bo‘lsa ayolga buning zarari bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush