Flesh

Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh ilmingizni ziyoda qilsin meni savolim flesh energetik ichimligi haqida shu ichimlikni ichish joizmi? Lekin ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu ichimliklar yaxshi emas deganlar. Yana bu ichimlikni ichida taurin moddasi bor bizning biologiya ustozimiz taurin moddasi buqa maziysidan olinadi deganlar. Lekin ichimlikning idishini ustida Rossiya muftiysi ruxsat bergan degan yozuv bor savolim noo‘rin bo‘lsa uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi narsalarda najosat aralashganligi shubhasi tufayli najosatga hukm qilish joiz emas. Go‘sht kabi mahsulotlardan boshqasida asl hukm ularning muboh, ya’ni halol va pok ekanligidir. Modomiki unga harom narsaning aralashgani aniq dalillar bilan isbotlanmasa, quyidagi qoida شك في وجود النجس : فالأصل بقاء الطهارة ga muvofiq najosatga hukm qilinmaydi. Agar najosat borligiga shak qilingan vaqtda, asl (qoida, najosatga hukm qilinmay) poklikning boqiy qolishidir. (al-Ashboh van nazoir). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar