Yaxshilikka yaxshilik qilish haqida
Assalomu alaykum! 9 sinf adabiyot darsligiga Imom al-Buxoriyning „Al-jome’ as-sahih“ kitoblaridan hadislar kiritilgan. Ana shu hadislardan birining ma’nosiga uncha tushuna olmayapmiz. Bu hadis quyidagicha: „Jobir ibn Abdulloh raziyollohu anhu aytadilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “ Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g‘oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o‘rnida o‘tadi. Ammo u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo‘ladi. Kim o‘zida yo‘q narsani menda falon narsa bor deb maqtantsa, ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi,„-dedilar. Ana shu hadisdagi “ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi„ jumlasiga biroz aniqlik kiritishingizni iltimos qilardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U hadisda “yolg‘onning ikki qavat kiyimiga burkangandek bo‘ladi” deyilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 293 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U hadisda “yolg‘onning ikki qavat kiyimiga burkangandek bo‘ladi” deyilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 293 | Hadislar