Xolamning onasiga qilgan muomalasi

Assalomu alaykum! Xolam 5 vaqt namozini o‘qib yuradi. Lekin fe’l atvori og‘irroq bo‘lgani uchun o‘z onasi bilan gaplashmaydi. Zarda qiladi va shunga o‘xshash. Yana bir gapini orasida "o‘lmadiki qutulmadim" dedi. Men jiyani bo‘lganim uchun ichimda o‘z onasigayam shunday deydimiya dedim. Ular yarashishni xoxlamaydilar. Bir birini yomonlab yuraveradi. Meni o‘ylantirgan narsa xolam o‘qigan namozidan sovob oladimi Shunga o‘xshash odamlarga qanday nasixat berasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qigan namozlari zimmasidan ado bo‘ladi. Ammo onasiga oq bo‘lganlar qatorida bo‘lib qolish xavfi bor. Nasihat qilsa oladigan odamga aytib tushuntiringlar. Hadislarda:Janobi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. Uning hidini ota-onasiga oq bo‘lgan, gunohkor va qarindoshlaridan aloqasini uzgan kishi bilmaydi», dedilar.
Tobaroniy rivoyat qilgan.«Jannatga minnatchi ham, oq qilingan ham, xamrni surunkali ichuvchi ham kirmas», deyilgan.
 Ota-onasiga oq bo‘lish qanchalik og‘ir gunoh ekanligini gapirib o‘tirmasak ham bo‘ladi. Oqq bo‘lish tufayli jannatga kirish mumkin bo‘lmay qolishining o‘zi bu ishning nima ekanligini ochiq ko‘rsatib turibdi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 185 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar