Dasturdagi bepul kitob

Assalomu alaykum! Yodingizda bo‘lsa kerak, hilol ebook dasturi orqali aktsiya o‘tkazilgan edi. Unga ko‘ra aktsiya muddati tugaguncha yangi akkaunt ochgan foydalanuvchilarga 50 ta kitobdan bepul foydalanish imkoni berilgan. Eski foydalanuvchilarga esa yo‘q. Lekin eski foydalanuvchi bo‘lsam ham menga noma’lum sabab tufayli 50 ta kitob akkauntimda bepul bo‘lib qolgan ekan.(avval ularni xarid kilmaganman ) Shu paytgacha kitoblarni o‘qir edim, ammo o‘ylab qoldim, aktsiyada qatnashmasdan, pul to‘lamasdan o‘sha kitoblarni o‘qishim joizmi? Yoki boshqa akkaunt ochib o‘z pulimga sotib olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, bemalol foydalanavering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 143 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar